Britaniya qiroli Charlz III ilk bor o‘z portretini iyun oyida muomalaga kiritiladigan yangi funt pullarda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Angliya banki boshqaruvchisi Endryu Beyli va bosh kassir Sara Jon Bakinghem saroyida qirolga uning surati tushirilgan birinchi banknotlarni sovg‘a qildi.
Bundan buyon yangi monarx tasviri muomaladagi barcha nominallar — 5, 10, 20 va 50 funtlik banknotlarda paydo bo‘ladi.
Qirol, an’anaga ko‘ra, yangi banknotlarning birinchi nusxalarini olishi kerak. Bu monarxga 00001 tartib raqamlari bo‘lgan banknotalar berilganini anglatadi.
Charlz III tasvirlangan banknotlar qirolicha Yelizaveta II tasvirlangan avvalgi banknotlar bilan bir qatorda ishlatiladi.