2024 yil 9-15 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi paydo bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida.