Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada isyonchilar Halabdagi Bashar Asad armiyasi va rossiyalik harbiylarga hujum qildi
Bir necha shahar va qishloqlar egallab olingan. Bu – 2020 yilgi sulhdan buyon tomonlar o‘rtasidagi eng yirik to‘qnashuv.

Suriyaning Arixa qishlog‘idagi janglar. Omar Haj Kadour / AFP / Scanpix / LETA
27 noyabr kuni Suriyadagi qurolli guruhlar Halab viloyatining g‘arbiy qismida prezident Bashar Asad rejimi kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi.
Halab 2011 yilda Suriyadagi fuqarolik urushi boshlanganidayoq hukumat qo‘shinlari va qurolli muxolifat kuchlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik markaziga aylangandi. Keyinroq mojaroga boshqa tomonlar ham qo‘shiladi: Rossiya va Eron Suriya hukumat kuchlarini, Turkiya esa — Asadga muxolifatda bo‘lgan va mamlakat shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatini nazoratiga olgan guruhlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 2020 yilda Rossiya va Turkiya ishtirokida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzilgandi.
Shu kunlardagi to‘qnashuv mintaqada so‘nggi to‘rt yillikdagi eng yirik qurolli mojaro bo‘lmoqda. Yurish boshlangani haqida isyonchi guruhlardan biri, shuningdek mahalliy aholi vakillari xabar berishgan. Hujumga Suriyaning shimoli-g‘arbida katta hududni nazorat qilayotgan va «Al-Qoida»ning Suriyadagi sobiq bo‘limi jangchilari tomonidan boshqariladigan «Hayyat Tahrir ash-Shom» guruhi boshchilik qilmoqda.
Isyonchilar o‘z harakatlarini Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlari tomonidan yo‘llangan artilleriya zarbalariga javob deb atagan. CNN tomonidan keltirilgan bayonotda ular 13 ta aholi yashash manzillarini, jumladan strategik ahamiyatga ega Urm-as-Sugra va Anjara shaharlarini, 46-bazani (rejimning g‘arbiy Halabdagi eng yirik bazasi) egallab olgani, shuningdek, hukumat kuchlariga tegishli bo‘lgan qurollar hamda transport vositalarini qo‘lga kiritganliklarini ma’lum qilishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan tasvirga olingan roliklar tarqalgan, ularda Halabning g‘arbiy qismida ko‘kka ko‘tarilgan tutun ustunlarini ko‘rish mumkin. Yana bir videoda isyonchilar qo‘shini jangchisi Asadning portretini yirtib tashlayotgani aks etgan — bu video Anjarada olingan. Suriyadagi davlat nashrlari esa to‘qnashuvlar haqida xabar bermayapti.
#Syria: portrait of the dictator, Bashar al-Assad, going down in the recently captured town of Anjarah (western #Aleppo). pic.twitter.com/Pqp5M9dfdN
— Thomas van Linge (@ThomasVLinge) November 27, 2024
Isyonchilar bayonotida hujum davomida hukumat kuchlaridan 37 kishi halok bo‘lgani haqida ham gap boradi. «Suriyadagi inson huquqlari observatoriyasi» (uning ofisi Buyuk Britaniyada) monitoring guruhining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Asad rejimining yo‘qotishlari 54 kishini tashkil etmoqda, isyonchilar tomondan esa 99 kishi halok bo‘lgan. Bu raqamlar voqea joyidan yangi ma’lumotlar kelishi hisobiga o‘sishi mumkin.
Suriyadagi mojaroni kuzatish bilan shug‘ullanuvchi «Oq kaskalar» ma’lumotiga ko‘ra, Asad rejimi kuchlari rossiyalik harbiylar bilan birgalikda Halabdan g‘arbda joylashgan Atarib shahriga hujum qilgan. Buning natijasida tinch aholi vakillaridan 11 kishi halok bo‘lgan, jumladan besh bola va ikki ayol, shuningdek turar joy binolari va shahar bozori jiddiy shikastlangan.
Attacks by Syrian regime forces and Russia targeted the city of Atarib, west of #Aleppo, its surroundings, and the village of Al-Qasr on Wednesday, November 27.
— The White Helmets (@SyriaCivilDef) November 28, 2024
The attacks injured 11 civilians, including 5 children and 2 women, and caused significant destruction to homes and… pic.twitter.com/Ob0TdoP4g0
To‘qnashuv davomida, katta ehtimol bilan Suriya mojarosida prezident Bashar Asad armiyasiga ko‘maklashuvchi rossiyalik harbiylar bo‘linmasi jangchilari ham halok bo‘lgan. Harbiy tahlilchi Rob Lining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlardan birida isyonchilar o‘lja qilib olgan qurollar va boshqa harbiy jihozlar rossiyalik jangchiga tegishli bo‘lgan. Isyonchilar olgan boshqa bir videoga Toyota Hilux yo‘ltanlamasi tushib qolgan, undan esa Suriyadagi rossiyalik harbiylar foydalanadi. «Ozodlik radiosi» jurnalisti Mark Krutov bu yo‘ltanlamasga ofisi Moskva shahrida bo‘lgan «Toyota Tsentr Novorijskiy» dilerlik markazining nomer ramkasi o‘rnatilganiga e’tibor qaratgan.
Turkiyadagilar Suriya shimolida muxolifatchi guruh boshlagan yurishni diqqat bilan kuzatib borayotgani va mamlakatdagi turkiyalik harbiylar o‘z himoyasi uchun «barcha zarur choralar»ni ko‘rganini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
-
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Jahon | 13:20
-
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda
Jahon | 13:11
Mavzuga oid

21:42 / 07.07.2025
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

22:45 / 05.07.2025
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

11:07 / 05.07.2025