Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Fransiyaning Marselida o‘rmon yong‘inlari sababli 400 kishi evakuatsiya qilindi, aeroport yopildi.

Foto: REUTERS/Alexandre Dimou
Ispaniya shimoli va Fransiya janubida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. Shu sababli Fransiyaning Marselidagi aeroport 8 iyul, seshanba kuni yopildi. Yong‘inni o‘chirish uchun 800 nafar o‘t o‘chiruvchi va samolyotlar ishtirokida o‘tkazilgan keng ko‘lamli operatsiya tufayli yong‘in nazorat ostiga olindi, dedi Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Marselda qurbonlar bo‘lmagan, 110 kishi yengil jarohatlangan, jumladan, 30 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va politsiyachi. Yong‘in 700 gektar maydonni qamrab olgan va 63 ta turar joy binosiga zarar yetkazgan, ulardan 10 tasi butunlay yonib ketgan. 400 kishi evakuatsiya qilindi. Ma’lum qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilar tun bo‘yi yong‘inni o‘chirgan.
Ispaniyaning ko‘p qismi o‘rmon yong‘inlariga reaksiya bildirish uchun shay holatga keltirildi. Mamlakatda meteorologik kuzatuvlar boshlanganidan beri eng issiq iyun oyi qayd etildi. Vaziyat ayniqsa Kataloniya mintaqasida jiddiy, u erda o‘rmon yong‘inlari uch ming gektar maydondagi o‘simliklarni yo‘q qildi. Yong‘inni o‘chirishga 300 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va harbiylar jalb qilingan, biroq operatsiyaga kuchli shamol to‘sqinlik qilyapti. Kataloniyaning Tarragona munitsipalitetida yong‘in xavfi tufayli rasmiylar 18 ming kishini uyini tark etmaslikka chaqirdi.
Yevropa o‘rmon yong‘inlari axborot tizimi (Effis) ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya 2022 yilda Yevropadagi o‘rmon yong‘inlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat bo‘ldi. O‘sha yili 500 ta yong‘in 300 ming gektardan ortiq maydondagi o‘simliklarni yoqib yubordi. 2025 yilda Ispaniyada 21 ming gektarga yaqin maydon yo‘q qilingan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘azo blokadasini buzish uchun kelgan kemani qo‘lga oldi
Jahon | 20:22
-
Ismi erkak, jismi ayol: kashfiyotlarga yo‘l ochgan jasur ayollar tarixi
Jamiyat | 20:07
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi
O‘zbekiston | 19:28
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
Mavzuga oid

23:23 / 27.07.2025
Bolqon olov ichida qoldi

19:06 / 27.07.2025
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi

18:55 / 27.07.2025
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi

16:43 / 26.07.2025