Uber obuna rejasi tufayli Amerika regulyatori tomonidan tekshiriladi

Jahon 20:15 / 28.11.2024 901

Uber kompaniyasi AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) uning flagman tarif rejasiga nisbatan tergov o‘tkazayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC.

Uber One’ning butun dunyo bo‘ylab 25 milliondan ziyod obunachisi mavjud bo‘lib, u o‘z mijozlariga safar va yetkazib berishlarda chegirmalar taklif qiladi.

«Biz Federal savdo komissiyasida buyurtmalarni bekor qilish siyosatimizga bog‘liq har qanday savollariga javob berishni davom ettiramiz. Uber One’da obunani bekor qilish jarayoni qonunlarga mos keladi: mijozlar ilova orqali o‘z a’zoligini osonlik bilan bekor qilishlari mumkin — odatda bu kabi jarayon 20 soniya yoki undan kamroq vaqtni oladi», — deydi Uber vakili.

Shuningdek, Adobe va Apple texnologik gigantlari ham obuna siyosati tufayli FTC tomonidan tekshirilmoqda. Ta’kidlanishicha, regulyator obunani bekor qilish siyosatini juda murakkab deb hisoblaydi.

Raqamli bozorlar, raqobat va iste’molchilar to‘g‘risidagi 2024 yilgi qonun kompaniyalar obuna shartnomasini tuzishdan oldin iste’molchilarga aniq ma’lumot berishi kerakligini talab qiladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, kompaniyalar o‘z ilovalarida ro‘yxatdan o‘tish va obunani bekor qilish funksiyalarini birdek sodda qilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: