Bakalavr talabasidan global IT mutaxassisgacha: IT Park University’ga nazar

O‘zbekiston 17:57 / 08.04.2024 3045

IT Park University O‘zbekistonda IT sohasida amaliy ta’limga yo‘naltirilgan birinchi universitetdir.

Universitet yetakchi xalqaro IT-kompaniya bo‘lmish EPAM Systems tomonidan O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi IT Park bilan birgalikda tashkil etilgan.

 

Ta’limning asosiy yo‘nalishi - "Dasturiy ta’minot muhandisligi"

Bundan tashqari, talabalar o‘qishni tugatgandan so‘ng darhol ishlash imkonini beruvchi beshta mashhur amaliy mutaxassisliklardan birini o‘zlashtiradilar:

— Back-End dasturchisi;

— Front-End dasturchisi;

— Full-Stack dasturchisi;

— Mobil dasturchi;

—  Avtomatlashtirilgan sinov bo‘yicha mutaxassis.

IT Park University’da ta’lim boshqa universitetlardan ajratib turadigan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega.

Ular bilan tanishib chiqqach bo‘lajak talabalarga qayerda ta’lim olishni tanlash osonroq bo‘ladi.

IT Park University’da o‘qishning xususiy afzalliklari:

Amaliyotchi o‘qituvchilar

70% o‘qituvchilar – xalqaro IT-kompaniya bo‘lmish EPAM’ning amaldagi dasturchilari

Amaliyotga urg‘u:

50% darslar amaliy mashg‘ulotlardan tashkil topgan. Shuningdek, talabalar o‘qish davomida 4 marta amaliyot o‘taydilar.

Xalqaro ta’lim:

Talabalar ularning dunyoqarashini kengaytiradigan va xalqaro tajriba orttirish imkonini beradigan xorijiy amaliyotlarda qatnashadi.

Sanoatga sho‘ng‘ish:

Talabalar IT-kompaniyalarida majburiy stajirovkadan o‘tadilar. Eng bilimlilari esa xalqaro amaliyotga yuboriladilar.

Soft Skills

Talabalar o‘z-o‘zini nazorat qilish, qaror qabul qilish, ishbilarmonlik bilan muloqot qilish, nizolarni hal qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

Rezyume uchun tajriba

O‘qish yakunida siz yetakchi IT-kompaniyaga ishga joylashishda yordam beradigan 6+ individual loyihalardan iborat portfolioga ega bo‘lasiz.

Ta’lim formati

Ma’ruzalar onlayn tarzda o‘tkazilishi sababli talabalar istalgan joydan turib ta’lim olishlari mumkin. Ta’lim formatining gibrid xususiyati shundan iboratki, asosiy imtihonlar semestrda 2 marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent shahridagi IT Park University binosida o‘tkaziladi.

Talabalik hayoti - turli tadbirlar va uchrashuvlar, talabalarning havaskorlik to‘garaklarida qatnashish kabi imkoniyatlarga boy. Universitetda har bir klub har tomonlama rivojlanishingiz uchun eshiklarni ochadi.

 ITPU’ga qanday kirsa bo‘ladi?

 

Bakalavr dasturiga o‘qishga kirish uchun quyidagilar lozim:

— kollej/litsey/maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish va kirish imtihonini topshirish;

— diplom yoki sertifikat hali olinmagan bo‘lsa, o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etish. Hujjatlarni universitet sayti orqali topshirsa bo‘ladi.

Imtihon

Siz ikkita imtihondan o‘tishingiz kerak:

 —  Ingliz tili*: har biri 20 ta test savolidan iborat 2-3 qism;

 —  Matematika: 20 ta test savoli va 3 ta qiyinchilik darajasi.

Agar sizda IELTS 5 yoki undan yuqori (yoki boshqa ekvivalenti) bo‘lsa, siz ingliz tili imtihonidan ozod bo‘lasiz.

O‘qish narxi: yiliga 22 000 000 so‘m. O‘qish davomiyligi: 4 yil.

Ta’lim ingliz tilida olib boriladi.

Qabul hamda imtihon uchun arizalarni bizning veb-saytimizda topshiring.

Bizning telegram chat-bot. Bizning Instagram.

IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro kar’yerani IT Park University bilan boshlang!

Ko‘proq yangiliklar: