IT Park Universityʼda Open Day: Kelajakdagi IT- mutaxassislari uchun ilhomlantiruvchi tadbir

O‘zbekiston 13:40 / 06.08.2024 1168

13 iyul kuni IT Park University “Open Day” tadbirida o‘z eshiklarini hamma uchun keng ochdi. 200 dan ortiq abituriyentlar, ularning ota-onalari, IT-mutaxassislar va talabalar universitetning zamonaviy ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish, xalqaro ekspertlar bilan suhbatlashish va ishga joylashish imkoniyatlarini o‘rganish uchun yig‘ildilar. Jarayonni sizga hikoya qilamiz.

Dastur juda boy tayyorlangandi. Tadbirning asosiy xususiyati yirik IT-kompaniyalar: EPAM, IT Park Uzbekistan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Bilim, IT Community of Uzbekistan va WTraining’dan taniqli spikerlarning hamkorligi bo‘ldi. 10 dan ortiq ekspert IT sohasi kelajagidagi o‘zgarishlar, muvaffaqiyatli karera sirlari va amaliy ta’limning foydasi haqida ma’lumot berishdi, shuningdek, raqamli muhitda ishlashning afzalliklari va kamchiliklari muhokama qilindi.

Tadbirning rasmiy qismi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov tomonidan ochib berildi.

“IT Park University global EPAM kompaniyasi bilan hamkorligi tufayli ham noyobdir. Ta’lim faqat nazariyaga emas, balki amaliyotga qaratilgan va yetakchi ekspertlar tomonidan boshqariladi. Bu universitet sizning kelajagingiz uchun katta imkoniyatlar ochadi” — dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

IT Park University bosh direktori Bahodir Ayupov kelgusi yillarda IT sohasidagi o‘zgarishlarni tahlil qildi. U 2025 yilga kelib IT-mutaxassislariga bo‘lgan talab 8 barobar ko‘payishini ta’kidladi.

EPAM kompaniyasining vakillari Natalya Ni va Izzatxon Shamsiyev IT Community’da ishtirok etishning ahamiyati haqida gapirib, qanday qilib netvorking orqali xalqaro kompaniya a’zosi bo‘lganliklarini baham ko‘rdilar va muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerakligi va IT sohasidagi xavflarni qanday chetlab o‘tish haqida qimmatli maslahatlar berishdi.

IT Community rahbari Shavkat Karimov o‘z taqdimotida bo‘lajak mutaxassislarga amaliy maslahatlar berib, interaktiv o‘yinlar o‘tkazdi.

Tanaffus vaqtida xohlovchilar imtihonda bepul qatnashish imkonini beruvchi promo-kodlar oldilar va IT Park University’ning afzalliklari bilan batafsil tanishdilar.

Ikkinchi kurs talabasi Nigora Mamadaliyeva tadbir doirasida boshlang‘ich mutaxassis sifatida jonli misol bo‘ldi. U Ispaniyada o‘tgan xalqaro stajirovka haqida va universitetning talabalar uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

Oxirgi spikerlar, IT-Bilim’dan Diana Gainullina va WTraining’dan Ruslan Andreyev kompaniyalarning xodimlar uchun mahalliy va xalqaro bozordagi talablarini taqdim etishdi.

Panel muhokamasi tadbirning asosiy qismi bo‘ldi, unda ekspertlar O‘zbekistonda IT kelajagini muhokama qildilar. E’tibor sifatli ta’lim, karera imkoniyatlari va innovatsiyalar kabi masalalarga qaratildi. Yosh mutaxassislarni rivojlantirishda ta’lim muassasalari va IT-kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi.

IT Park University’ga kirish hujjatlarini topshirish muddati avgust oxirida tugaydi.

Imtihonlardan o‘ting va zamonaviy ta’lim muhitining bir qismi bo‘ling:

— Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim shakli;

— 70% o‘qituvchilar amaldagi mutaxassislar;

— Ta’lim davomida xalqaro stajirovkalar.

IT Park University’da talabalik hayotining imkoniyatlari va xususiyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun Instagram va universitet veb-saytiga o‘ting.

IT Park University bilan IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro karerani boshlang!  

IT Park University telefon raqami: +998 55−503−99−99.   

Telegram-bot

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: