Tojikistonda barcha yangi binolarga quyosh panellari o‘rnatilishi majburiy bo‘ldi
Tojikistonda 1 apreldan boshlab barcha yangi va rekonstruksiya qilingan bino-inshootlarda odatiy elektr ta’minoti bilan birga quyosh panellari ham o‘rnatilishi majburiy bo‘ldi.

Foto: CABAR.asia
Bu borada mamlakat hukumati huzuridagi Arxitektura va qurilish qo‘mitasining buyrug‘i qabul qilingan, deya xabar bermoqda ASIA-Plus.
Buyruq ta’lim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, turizm maskanlari, ma’muriy va jamoat binolari, sport komlekslari, turar joylar, ishlab chiqarish korxonalari, savdo-ko‘ngilochar markazlar, umumiy ovqatlanish maskanlari, istirohat bog‘lari, yo‘llar va ko‘chalarga taalluqli.
Davlat tuzilmalari qurilish loyihalarini ko‘rib chiqishda, qurilish jarayonida va binolarni foydalanishga qabul qilib olish vaqtida bu buyruq talablari bajarilishini nazorat qilib boradi.
Hujjatda quyosh energotizimlarini o‘rnatish uchun materiallar va uskunalar narxlarini tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ham qayd etilgan.
Bu chora Tojikistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va 2030 yilgacha qurilish sohasini rivojlantirish strategiyalari doirasida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024