Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
Ishchi guruhlarga yakuniy hujjatlarni tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Foto: khovar.tj
Tojikiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari tojik-qirg‘iz davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflashni to‘liq yakunladi, deya xabar berdi «Xovar».
4 dekabr kuni Qirg‘izistonning Botken shahrida Tojikiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari hamraislari Saymo‘min Yatimov va Qamchibek Tashiyevning Tojikiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha uchrashuvida Qirg‘iziston hududida chegara chizig‘ini aniqlash tugagani tufayli ishchi guruhlarga «yakuniy hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini boshlash» topshirildi.
«Tojikiston bilan chegara masalasi hal qilindi. Keyin parlamentda ratifikatsiya qilish va hurmatli prezidentlarimizning imzolari qoladi. Bir necha oy va biz chegaralarni belgilashni tugatamiz. Komissiyaning barcha a’zolariga katta rahmat, juda ko‘p ishlar amalga oshirildi va barchadan, ayniqsa, janob Yatimovdan minnatdorman», dedi Tashiyev.
Ikki qo‘shni respublika fuqarolari bu voqeani 20 yildan ortiq kutgan edi. Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi umumiy chegarani aniqlash bo‘yicha muzokaralar 2002 yilda boshlangan. 2022 yilgacha ular tartibsiz va uzoq tanaffuslar bilan o‘tkazildi. O‘sha paytdagi umumiy chegaraning 972 km qismidan tomonlar 50 foizdan sal ko‘prog‘ini aniqladilar.
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi ko‘plab bahsli hududlar tufayli mahalliy aholi o‘rtasida suv, yer, yo‘l va yaylovlar bo‘yicha tez-tez nizolar bo‘lib turadi, bu nizolarga so‘nggi yillarda tez-tez harbiylar jalb qilinayotgan edi.
2021 yil aprel-may va 2022 yil sentabr oylarida ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirokida chegarada keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvlar yuz berib, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. 2021 yil may oyidan boshlab Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara qirg‘iz tomoni qarori bilan yopilgan.
Oxirgi yirik voqea tomonlarni muzokara jarayonini faollashtirishga majbur qildi. 2022 yilning kuzidan to shu kungacha ikki davlat o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘nlab uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

19:26
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti

21:43 / 29.07.2025