Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston 19:36 / 05.04.2024 4583

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tohirjon Sultonov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Texnika fanlari doktori, professor Tohir Sultonov 1975 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan sanoat texnologiya institutini 1996 yilda tamomlagan. Tayinlovga qadar T. Sultonov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, institutga 2021 yil 19 fevraldan beri Komiljon Komilov rektorlik qilib kelayotgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: