31 mart, yakshanba kuni ertalab Dog‘istonda maxsus xizmatlar o‘tkazgan operatsiya vaqtida uch nafar qurolli shaxs qo‘lga olindi. Ulardan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va foydalanishga yaroqli qo‘lbola portlovchi moslama musodara qilindi. Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) ma’lum qilishicha, ular terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 05:30 lar atrofida Kaspiysk shahri va Dog‘iston poytaxti Mahachqal’aning ikki tumanida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi. Operatsiyada ayrim hududlar o‘rab olingan, bir qator uylar aholisi evakuatsiya qilingan. Operatsiya davomida, MAQ ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus kuchlar terrorchilar deb taxmin qilinganlarning to‘sib qo‘ydi. Tushga yaqin ikki shaharda aksilterror operatsiyasi bekor qilindi.
Respublika rahbari Sergey Melikov o‘zining Telegram-kanalida ta’kidlaganidek, gumonlanuvchilardan topilgan narsalar «ushlanganlar tomonidan respublika hududida terrorchilik jinoyatlarini rejalashtirish ehtimolidan dalolat beradi». Uning qayd etishicha, ATO vaqtida mahalliy aholidan hech kim jabrlanmagan, xavfsizlik kuchlari orasida qurbonlar yo‘q. Melikov so‘zlariga ko‘ra, Dog‘istonda terrorchilar Moskva viloyatidagi teraktdan keyin xavfsizlikni kuchaytirish doirasida aniqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt qurbonlari soni 144 kishiga yetgan.