Dronlarga qarshi kurashayotgan mobil otryadlar va Kiyevda vayron bo‘lgan akademiya. Urush suratlari

Jahon 14:38 / 31.03.2024 15662

Ukrainada urushning 766-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya zarbasi Xarkiv oblastidagi eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri bo‘lgan Zmiyevskaya IESni vayron qildi.
  • Zelenskiy o‘zining yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan Sergey Shefirni prezident yordamchisi lavozimidan ozod etdi. Yana uch maslahatchi ishdan bo‘shagan.
  • Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sobiq kotibi Oleksiy Danilovni Ukrainaning Moldovadagi elchisi lavozimiga tayinlashga rozi bo‘ldi
  • Belgorod shahri va chegara hududlardagi maktab o‘quvchilari otishmalar tufayli o‘quv yili oxiriga qadar masofaviy ta’lim shakliga o‘tkaziladi.
  • Yevroittifoq Turkiyaning Southwind Airlines aviakompaniyasiga o‘z hududi ustidan parvozlar amalga oshirishni taqiqladi, aviakompaniya Rossiya bilan aloqalarda gumonlangan. 
  • Zelenskiy The Washington Post uchun bergan intervyusida AQSh ukrain dronlarining Rossiya energetika infratuzilmalariga hujumlariga ijobiy qaramasligini aytdi. U Vashington Ukraina o‘zi ishlab chiqargan qurollarni qo‘llashiga monelik qila olmasligini qo‘shimcha qilgan.
  • «Mediazona» va BBC jurnalistlari Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 49 281 nafar rossiyalik harbiylar o‘limini rasmiy manbalar orqali tasdiqladi.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Xarkivga hujum qilish qarori Rossiya qo‘shini uchun halokatli qaror bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Kun kadri. Irpinda ukrain harbiylari uchun yodgorlik

Rossiya qo‘shini Kiyev yaqinidagi kichik shahar Irpinni keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlarida egallab olgandi. 2022 yil 28 martida, Rossiya armiyasi Kiyev oblastidan chekinganida, shahar Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga qaytadi. Irpin ozod etilganida u yerdan Rossiya okkupatsiyasi bosqini chog‘ida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining 269 jasadi chiqadi. Irpin infratuzilmasining 30 foizi hamda binolarning taxminan 70 foizi to‘liq yo‘q qilingandi.

Shahar ozod etilganining ikki yilligida markaziy maydonda Ukrainani himoya qilish asnosida halok bo‘lgan harbiylarning portretlari joylashtirildi.

Volodymyr Tarasov / Ukrinform / ABACAPRESS.COM / Scanpix / LETA

Baxmut yaqinidagi ukrain dronlari 

Ukrainaning 22-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiysi Donetsk oblasti Baxmut shahri atrofida o‘rta masofaga uchuvchi H10 Poseidon dronini uchirishga hozirlik ko‘rmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 22-mexanizatsiyalashgan brigadasi askari dronlarni ko‘zdan kechirmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi badiiy akademiya talabalari va o‘qituvchilari korpuslardan birini tozalamoqda

Rossiya raketalari 25 mart kuni Kiyevga hujum qilgandi — raketa parchalari Pechersk, Solomensk va Dniprovsk rayonlariga tushgan. Besh kishi jarohat olgan. Raketalardan birining parchasi Mixaylo Boychuk nomidagi Kiyev davlat dekorativ-amaliy san’at va dizayn akademiyasi binosining markaziy qismini vayron qilgan. «Ukrainskaya pravda» Ukraina madaniyat vazirligiga havola berib xabar qilishicha, zarba sport zal, kongress-holl va ko‘rgazma markazini vayron qilgan, shuningdek kafedra va auditoriyalar shikastlangan. Qurbonlar yo‘q, akademiya laboratoriyasi rahbari yaralangan, deb xabar qilgan Kiyev meri Vitaliy Klichko.

Hujumdan besh kun o‘tib, 30 mart kuni, fotoreportyorlar akademiya talabalari va o‘quvchilari xarobalarni tozalayotgani aks etgan suratlarni e’lon qilishdi.

Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / Getty Images
Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / Getty Images
Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / Getty Images
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Havo hujumidan mudofaa kuchlarining mobil bo‘linmalari Chernihiv oblastida dronlarni o‘qqa tutmoqda

Ukraina hukumati mamlakatning shimoliy va shimoli-g‘arbiy chegaralarida havo hujumiga qarshi mobil o‘t ochish guruhlari tashkil etilgani haqida 2022 yildayoq xabar bergandi. Bunday guruhlar yukxonasiga pulemyotlar o‘rnatilgan yo‘ltanlamaslardan iborat bo‘ladi. Ukraina QK birlashgan kuchlarining o‘sha vaqtdagi qo‘mondoni general-leytenant Sergey Nayev 2023 yil oktyabrida bunday mobil guruhlar ko‘p miqdorda tuzilishini — RF qurolli kuchlarining Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini holdan toydirishga qaratilgan strategiyasiga javob deb atagandi:

Agressor uning uchuvchisiz uchar apparatlari qimmat turuvchi zenit raketalarni sarflashga majbur qilishini ko‘zlamoqda. Pulemyot esa ushbu masalani nisbatan arzon o‘q-dorilar bilan ham hal qilish imkonini beradi.

Nayev shuningdek bunday guruhlarning vazifasi — ma’lum joygacha borib, havodagi nishonlarga (odatda Eron Rossiyaga yetkazib bergan Muhajeer-6 va Shahed-136 dronlari) zarba berish hamda doimiy joylashuv manziliga qaytish ekanini aytgandi. Ukrainalik harbiylar muntazam ravishda mobil bo‘linmalar dronlarni yo‘q qilishda ishtirok etayotgani to‘g‘risida xabar berib keladi.

2024 yil martida «Izvestiya» nashri Rossiya armiyasida ham havo hujumidan mudofaa kuchlarining mobiy guruhlarini tuzish rejasi borligini xabar qildi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari mobil bo‘linmasi harbiy xizmatchilari Chernihiv oblastidagi pozitsiyada
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Mobil o‘t ochish guruhi jangchisi Amerikaning Browning pulemyotidan o‘t ochmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Odessada zarbalardan keyingi hayot tarzi

2024 yil martida rus qo‘shini Odessaga bir necha bor raketa va pilotsiz uchar qurilmalar bilan hujum qildi. 2 mart kuni rossiyaliklar droni turar joy binosini vayron qildi — 12 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, qurbonlarning besh nafari bolalar bo‘lgan. 15 mart kuni shaharga raketa zarbasi oqibatida 21 kishi halok bo‘lib, 70 dan ortiq kishi yaralandi. Fuqarolik infratuzilmasi shikastlangan: turar joylar, xo‘jalik qurilmalari, avtomobillar.

22 mart kuni RF qurolli kuchlari Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘llab, energetika infratuzilmalariga hujum qildi. Hujum oqibatida zarbaga uchragan inshootlar orasida Ukrainaning eng yirik gidroelektrstansiyasi — Dneproges ham bor edi. Shundan keyin Odessa shahri va Odessa oblastida elektr energiya ta’minotida uzilishlar davom etmoqda.

25 martga o‘tar kechasi RF qurolli kuchlari yana Odessaga dronlar bilan hujum qildi. Natijada shaharning bir qismi elektrsiz qoldi, trolleybus va tramvaylar harakati to‘xtatildi.

Odessalik ko‘ngillilar sho‘rva suzmoqda
Yulii Zozulia / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rossiya zarbasi oqibatida sinib tushgan deraza parchalarini xokandozga yig‘ayotgan bola
Yulii Zozulia / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Uylari rossiyaliklar zarbasidan shikastlangan odamlarga qurilish materiallari tarqatilmoqda
Yulii Zozulia / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Qurilish materiallarini qabul qilib olayotgan odessaliklar
Yulii Zozulia / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Kiyev oblastining Boyarka shahrida dafn marosimi

Ukraina qurolli kuchlari kapitani Sergey Vatsko 24 mart kuni Ukraina sharqidagi oldingi chiziqda halok bo‘lgan. Uni Kiyev oblasti Boyarka shahriga dafn etishdi. Vatsko mamlakat qurolli kuchlarida xizmatni 2014 yil martida boshlagan va 2015 yilda xizmatdan bo‘shatilgan, keyin muhandis bo‘lib ishlagan. Keng ko‘lamli bosqin boshlangach, u  yana Ukraina qurolli kuchlari safiga ko‘ngilli sifatida yoziladi. Uning uch nafar farzandi qoldi.

Qarindoshlari kapitan Sergey Vatskoning tobuti atrofida
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: