Turkiya 1967 yil chegaralari ichida va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatining tashkil etilishiga intiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingda aytib o‘tdi.
«Falastinliklar ozodlikka erishmaguncha, Isroil bosib olingan yerlarni qaytarib bermaguncha va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil davlat yaratilmaguncha biz to‘xtamaymiz», dedi Turkiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasini bajarish uchun Isroilga xalqaro bosimni kuchaytirish bo‘yicha jadal harakat qilmoqda.
«Turkiya davlati xuddi Suriya, Somali va Qorabog‘da bo‘lgani kabi G‘azoda ham imtihondan muvaffaqiyatli o‘tadi», deb ta’kidladi davlat rahbari.