TQ: «Krokus»dagi teraktda ayblanayotganlar Kiyevga ketayotgan bo‘lgan

Jahon 08:37 / 30.03.2024 9815

Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»dagi teraktda gumon qilinganlar «o‘ziga va’da qilingan mukofotni» olish uchun Kiyevga ketayotgan bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning harakatlari Telegram’dagi «ovozli xabarlar orqali» «o‘zini ularga taxallus bilan tanishtirgan shaxs tomonidan muvofiqlashtirilgan», deyiladi idoraning 29 mart, juma kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotida.

Avvalroq FSB direktori Aleksandr Bortnikov Moskva viloyatida «radikallar» yordamida sodir etilgan terakt Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlanganini aytgan edi. Unga ko‘ra, «Krokus Siti Xoll»ga hujum qilgan terrorchilar go‘yoki Yaqin Sharqda tayyorgarlikdan o‘tgan. Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev ham hujumga Ukrainaning aloqadorligi taxmin qilinayotganini aytdi. 

Jahon hamjamiyati «Krokus»dagi terakt IShID tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblayapti

Biroq, jahon hamjamiyatining aksariyati «Krokus»dagi terakt ortida IShID terror tashkiloti yacheykasi turgani haqidagi fikrga qo‘shilyapti. Xususan, Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Moskva viloyatidagi fojiani «IShID ishi» deb atadi. AQSh Davlat departamenti va Oq uy vakillari ham xuddi shu versiyaga amal qilyapti.

«Krokus Siti Xoll»dagi terakt uchun javobgarlikni IShID guruhining o‘zi ham o‘z zimmasiga oldi. 

Ko‘proq yangiliklar: