Savdo sohasidagi korxonalar 2 oyda qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 09:13 / 29.03.2024 8273

2024 yil yanvar-fevral oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 151 387 ta yuridik shaxs tomonidan 3,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 326,1 mlrd so‘mi, ya’ni 8,7 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 7,5 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 162,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS – 98,7 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i – 84,5 mlrd so‘m;
  • JShODS - 51,8 mlrd so‘m;
  • aksiz solig‘i - 47,7 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq - 27,6 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i - 6 mlrd so‘m;
  • yer solig‘i - 2,7 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar - 7,1 mlrd so‘m.

Soliqlarning asosiy qismi o‘tgan yilgi yakuniy hisobotlar asosida to‘langan.

Ko‘proq yangiliklar: