Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi ishtirokidagi janjalda 18 yoshli yigit vafot etdi

Jamiyat 08:35 / 28.03.2024 48050

Joriy yilning 20 mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi, umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi (2008 yilda tug‘ilgan) M.D. 2006 yilda tug‘ilgan O.A. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan.

O.A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan. 

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat darsdan tashqari, tungi vaqtda sodir bo‘lganini eslatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: