Moskva ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari UzFood ko‘rgazmasidagi "Made in Moscow" stendida namoyish etildi

Jamiyat 16:48 / 27.03.2024 11514

Moskva oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchilari Toshkentda o‘tadigan O‘zbekistondagi oziq-ovqat sanoatiga doir eng yirik tadbirida o‘z mahsulotlarini namoyish etishadi. 23-xalqaro "Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2024" ko‘rgazmasi 26-28 mart kunlari "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma doirasida "Made in Moscow" qo‘shma stendi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda Rossiya poytaxtidagi 16 kompaniya mahsulotlari bilan tanishish mumkin. 

Moskva stendi ishtirokchilarining aksariyati Rossiyadan tashqarida ham ko‘pchilikka yaxshi tanish. "Zlaki na zavtrak" MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan Matti batonchalari, bo‘tqalari va quruq nonushtalar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Belarus, Gruziya va Xitoyda sotiladi. Siroplar va toppinglar ishlab chiqaruvchi "Faktor Vkusa" MChJ o‘z mahsulotlarini Pinch&Drop brendi ostida Belarus, Qozog‘iston va Armanistonga eksport qiladi. Serbiya, Qozog‘iston va Moldovadagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari "Potok Inter" IIChF MChJ ning havoni zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan “Potok” innovatsion qurilmalari bilan jihozlangan.

"O‘zbekistondagi ko‘rgazmada brendimizning ikki yo‘nalishini taqdim etamiz. Ozzy Frozzy Vintage – bu bolalikdan barchaga tanish  bo‘lgan ta’mlar, GOST'ga muvofiq yaratilgan yangi talqindagi sovet limonadi klassikasidir. Ozzy Frozzy Export – bu tabiiy ekstraktlar va tropik mevalar sharbatlaridan iborat yuqori sifatli qo‘lbola ichimliklardir.

"Bizning brendimiz Qozog‘istonda 2021 yildan beri tanilgan va biz u bilan mahalliy distribyutorlar va tarmoqlar bilan hamkorlik orqali O‘zbekiston bozoriga kirish niyatidamiz. O‘zbekiston bozori uning o‘sish sur’ati bilan e’tiborni o‘ziga jalb qiladi. Bu yerda biz Rossiyada ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklarga bo‘lgan talab va xushta’mga bo‘lgan qiziqish borligini kuzatmoqdamiz. Biz nafaqat bu talabni qondira olamiz, balki mahsulotlarimiz tarkibida tabiiy shakarning saqlanib qolishini ham ta’minlay olamiz – raqobatchilarimizning asosiy qismi esa sun’iy shirinlashtiruvchi va shakar o‘rnini bosuvchi moddalarga o‘tmoqda", - deydi Ozzy Group MChJ rivojlanish departamenti direktori Aleksandr Gavrilyuk. 

Moskvadagi alkogolsiz energetiklar va gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi "New Enerji drinks" MChJ o‘z mahsulotlarini Qozog‘iston, O‘zbekiston, Armaniston, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon va Qirg‘izistonga eksport qilmoqda. "Biz iste’molchilarga ko‘p narsalarni taklif qila olamiz va UzFood -2024 ko‘rgazmasida mahsulotlarimiz, energetiklarimiz va gazlangan alkogolsiz ichimliklarimizning bir nechta qatorlarini namoyish etish rejasidamiz. Biz bundan oldin ham MEC homiyligidagi ko‘rgazmalarda ishtirok etganmiz va bu doimo bizning biznesimiz uchun ijobiy natijalar keltirgan, biz bundan buyon ham  shu kabi tadbirlar tufayli ochiladigan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish niyatidamiz", - deydi kompaniyaning savdo bo‘limi rahbari Andrey Gorojanov.

"Kefir Grup" MChJ qariyb uch yildan buyon Qozog‘istonga o‘z mahsulotlarini yetkazib beradi va o‘tgan yil oxirida u ilk bor O‘zbekiston bozoriga chiqdi. "Biz UzFood ko‘rgazmasida turli formatlarda o‘simliklar asosida tayyorlangan qattiq va eritilgan yog‘larimiz, shuningdek, quyultirilgan sut, mayonez va qaymoqli pishloqlarimizni taqdim etamiz. O‘zbekiston bozori o‘sib borayotgan va hali Rossiya mahsulotlari keng tamsil etilmagan bozordir. Biz uchun bu istiqbolli va tushunarli bozor bo‘lib, biz bu yerda distribyutorlar, vakillar, ulgurji sotuvchilar va bozorlar orqali eksportni rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz", - deydi kompaniya brend menejyeri Olga Kobeleva.

“Made in Moscow” stendining ba’zi ishtirokchilari o‘z mahsulotlari bilan birinchi marta xorijiy auditoriyaga chiqishmoqda. Masalan, "PRANDIA LAB" MChJ ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarga sog‘lom turmush tarziga oid mahsulotlarini, "Co and Fe" MChJ elita navli va xushbo‘y qahvalarning keng tanlovini taqdim etadi. Shuningdek, oziq-ovqat sanoati uchun ingrediyentlar - jami 1000 dan ortiq go‘sht, baliq, sut, qandolatchilik va boshqa tarmoqlar uchun ingrediyentlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy etish bilan shug‘ullanuvchi "PROFI.BIO" ITI MChJ ham o‘z ishlanmalarini taqdim etadi.

UzFood ko‘rgazmasi ishtirokchilarining Moskva puli Moskva shahar tadbirkorlik va innovatsion rivojlanish departamenti tomonidan nazorat qilinadigan Moskva eksport markazi tomonidan tashkil etilgan. MEM Moskvadagi tadbirkorlarining xorijiy sheriklar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va eksportchilarning mahsulotlari va xizmatlarini ilgari surish maqsadida tashkil etilgan. MEM xizmatlari qatoriga yangi bozorlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ishlashga tayyor kompaniyalar uchun 30 dan ortiq qo‘llab-quvvatlash xizmatlari kiradi.

"2023 yilda poytaxtning O‘zbekistonga noxomashyo noenergetik mahsulotlar eksporti 2022 yilga nisbatan 46 foizga o‘sdi. Moskva tadbirkorlari bu istiqbolli bozor ekanligidan ishonch hosil qilishmoqda va unga kirishga intilishmoqda. MEM ko‘magida o‘zbekistonlik hamkorlar bilan biznes missiyalar va ko‘rgazmalarda 150 ga yaqin kompaniya ishtirok etgan. UzFood doirasida "Made in Moscow" stendining ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlik sari yana bir qadamdir.  Ishonchim komilki, poytaxt oziq-ovqat kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasidagi xaridorlarga yuqori sifatli va foydali mahsulotlarni taklif etadi", - deydi Moskva eksport markazi bosh direktori Vitaliy Stepanov.

Veb sayt: www.moscow-export.com

Telegram: t.me/moscowexport

Vkontakte: vk.com/moscowexport

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: