FT: Xitoy hukumati biznesmenlarni hibsga olish to‘lqinini to‘xtatishga urinmoqda
2024 yilda XXRda 80 dan ortiq kompaniya rahbarlari qo‘lga olindi. Ularning ayrimlarini ushlashga «hech qanday asos yo‘qligi» aytilmoqda. Hukumat bu kabi harakatlar tadbirkorlarni qo‘rqitib yuborishidan xavotirda.

Foto: Financial Times
Xitoy markaziy hukumati biznes vakillari orasida oshib borayotgan xavotirlar tufayli joylardagi korxonalar rahbarlarining qo‘lga olinish to‘lqinini to‘xtatishga urinmoqda. Hukumat bu iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga putur yetkazishidan xavotirda, deb yozadi Financial Times.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda XXRda 80 dan ortiq kompaniya rahbarlari qo‘lga olingan. Ularning ayrimlar «hech qanday asossiz yoki dalillar kam bo‘lsa-da» hibsga olingani taxmin qilinmoqda. FT’ning yozishicha, aksariyat hollarda hibsga olishlar korxonalarning biznes operatsiyalariga bog‘liq bo‘lmagan organlar tomonidan amalga oshirilgan. Xitoy OAV buni «uzoqdan turib baliq ovlash», deb atamoqda.
Xitoy bosh vaziri Li Tsyan dekabr oyida kompaniyalarning qonunlarga rioya etishi ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirgan. U hukumat jarimalar, musodara yoki «yurisdiksiyasidan tashqari yuqori darajadagi ijrolar» tufayli daromadlari anomal o‘sayotgan hududlarni tekshirishga va’da bergan. Tahlilchilarning hisoblashicha, ko‘p sonli hibsga olishlar ko‘chmas mulk inqirozi sharoitida yer sotishdan tushgan daromad keskin kamayishi oqibatida mahalliy hukumatlarning moliyaviy ahvoli yomonlashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
«Do‘stlarimga har tomondan bosim qilishmoqda», — deydi FT’ning ismi sir qolishini so‘ragan manbasi. Ushbu xitoylik investorning aytishicha, ayrim mahalliy hokimiyat organlari eng badavlat insonlarga jarimalar belgilash uchun aholining aktivlarini tekshirib chiqmoqda. Tadbirkorning o‘zi bu kabi harakatni «umummilliy shantaj», deb ta’riflagan.
Sentyabr oyida Xitoydagi yetakchi iqtisodchilardan biri Chju Xenpen yopiq chatda XXR yetakchisi Si Jinpingning boshqaruvini tanqid qilganidan keyin yo‘qolib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldin esa Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik biznes-vositachi Bao Fan yo‘qolib qolganidan keyin uning bankida 11 million dollarlik sirli hisobraqam paydo bo‘lgani aniqlangandi.
Mavzuga oid

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025