Senegaldagi saylovlar: Bassiru Diomayye Fay Afrikaning eng yosh prezidenti bo‘ladi

Jahon 10:54 / 26.03.2024 6264

Senegalda bir kun avval bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida muxolifat nomzodi Bassiru Diomayye Fay 53,7 foiz ovoz oldi. Bundan Senegal milliy avtonom saylov komissiyasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Diomayye Fayning asosiy raqobatchisi, hukmron koalitsiya vakili Amadu Ba 36,2 foiz ovoz oldi. 

Ta’kidlanishicha, bu dastlabki ma’lumotlar bo‘lib, saylov uchastkalarining 90 foizida byulletenlarni sanab chiqishdan so‘ng olingan. Saylovning rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi.

Ayni paytda, Senegalning amaldagi prezidenti Maki Sal va hukmron koalitsiya vakili Amadu Ba Diomayye Fayni prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Bassiru Diomayye Fay 44 yoshda. U Senegal prezidenti etib saylangani yakuniy tarzda tasdiqlansa, Afrikaning eng yosh prezidentiga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: