Qumni noqonuniy qazib olib, davlatga qariyb 1 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
Qashqadaryoda qum xomashyosini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda "Xavfsiz daryo" boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Ularda fuqaro R.Q. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida Qashqadaryo daryosining G‘uzor va Qarshi tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi qismining muhofaza zonasi hisoblangan yer maydonlaridan maxsus texnikalari yordamida o‘zboshimchalik bilan 9,5 ming kub hajmdagi qum xomashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 948,6 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

18:58 / 03.03.2025
Qashqadaryoda Qizilsuv suv ombori ta’mirlash maqsadida quritildi

17:05 / 20.02.2025
Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchiga hamla qildi

09:13 / 14.02.2025
Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

10:25 / 13.02.2025