“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Unig faoliyat yuritish muddati 30 yil deb belgilandi.
MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boshqarish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.
“Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan Ye-auksion elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025 yil yakunigacha 1,5 milliard AQSh dollari miqdorigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.