Toshkent viloyatida yaylovlardan samarali foydalanishning tashkiliy-uslubiy asoslari takomillashtirilib, yaylovlarni toifalash va ular degradatsiyasini tabaqalashgan holda baholashning yagona uslubi ishlab chiqiladi.
Yaylovlarda chorva mollari bosimini kamaytirish, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshli integratsiyalashgan tizimni joriy etish orqali chorva mollarini o‘tlatishning real vaqt rejimida monitoringini olib borish, yaylov maydonlarini chiqindilar bilan ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar bajariladi.
Shu bilan birga, hududlarda yaylov urug‘chiligi bazasi rivojlantirilib, muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat nazorati, monitoringi tizimi kuchaytiriladi. Yaylovlarda ihotazorlar barpo etiladi.