O‘zbekistonlik sportchilar oilasida tug‘ilgan figurali uchuvchi jahon rekordini o‘rnatdi

Sport 15:42 / 25.03.2024 29832

Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangilab, jahon chempioni bo‘ldi.

Kanadaning Monreal shahrida o‘tgan jahon chempionatida Malinin to‘rtta aylanali sakrashni olti marta amalga oshirdi: avval to‘rtlik aksel, keyin uch marta yakka to‘rtlik (luts, rittberger, salxov) sakrashlarini amalga oshirdi.

Uning erkin dasturdagi bu noyob muvaffaqiyati hakamlar tomonidan 227,79 ballga baholandi va bu yangi jahon rekordi bo‘ldi.

Foto: Mert Alper Dervis / Anadolu Agency / Getty Images

Ilya Malinin 2004 yilda AQShning Virjiniya shtatida, o‘zbekistonlik figurali uchuvchilar – Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tug‘ilgan. Uning singlisi Yelizaveta ham figurali uchish bilan shug‘ullanadi.

Tatyana Malinina – 1999 yilda ilk marta o‘tkazilgan to‘rt qit’a chempionati oltin medali sohibasi, o‘sha yilgi Gran-pri finali g‘olibasi, 10 karra O‘zbekiston chempioni (1993–2002), 2002 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi hisoblanadi. Roman Skornyakov – ikki karra O‘zbekiston chempioni (1997, 2003) bo‘lib, 1998 va 2002 yillarda qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: