AQSh o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni «yuqori darajada xavfli» davlatlarga, jumladan Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga eksport qilish tartibini kuchaytirmoqda. Bu haqda AQSh Savdo vazirligi bayonotida aytiladi.
Unga ko‘ra, departamentning Sanoat va xavfsizlik byurosi «o‘z yurisdiksiyasi ostidagi o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar va tegishli qismlarni eksport qilish bo‘yicha chora-tadbirlariga o‘zgartirishlar kirituvchi nizom»ni e’lon qildi.
Qaror nodavlat tashkilotlarga eksportga tegishli. Cheklovlar qo‘yiladigan «yuqori darajadagi xavfli» davlatlar ro‘yxatiga 36 mamlakat, jumladan Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston kiritilgan.
Ushbu yangiliklar doirasida boshqarma qurol eksporti litsenziyalarining amal qilish muddatini ham to‘rt yildan bir yilga qisqartirmoqda.
O‘zgarishlar Amerika qurollaridan foydalanish orqali dunyo mintaqalarida beqarorlikning kuchayishi xavfini kamaytirishga qaratilgan.
Reglament may oyi oxirida kuchga kiradi.