Bugun, 25 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati +23...+28 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +30 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 26-29 mart kunlari davrida O‘zbekiston hududiga nam O‘rta Yer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26 martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so‘ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga borib +13...+18 darajani tashkil etadi.
25-26 va 28-29 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 28-29 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtda 26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27-29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun va ertaga kunduzgi harorat +25...+27 daraja, 27 martda +20...+22 daraja, 28 martda +18...+20 daraja, kechalari harorat asosan +11...+14 daraja bo‘ladi.