"Dunyo" xabariga ko‘ra, 2024 yil 12 yanvardan buyon diplomat Cho Txe-yul rahbarlik qilib kelayotgan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligida 54 yoshli Kim Xi-sang iqtisodiy diplomatiya bilan shug‘ullanadi.
U Seul milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi va Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) xalqaro huquq magistri hisoblanadi. 1993 yildan Tashqi ishlar vazirligi tizimida, markaziy apparatda ham, xorijda ham ishlagan. 2022 yil 24 noyabr kuni Kim Xi-sang Toshkentdagi elchi sifatida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
2024 yilning 14 mart kuni Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Koreya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.