Farg‘onada mashina boshqarganini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan 12 yoshli bolaning otasiga chora ko‘rildi

Jamiyat 19:10 / 24.03.2024 19159

Farg‘ona viloyatida mashina boshqarganini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan 12 yoshli bolaning otasiga chora ko‘rilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buvayda tumanida yashovchi 12 yoshli bola otasiga tegishli mashinani ko‘chaga haydab chiqqan. O‘sha paytda uning yonida o‘rtoqlari ham bo‘lgan.

Ular mashina boshqarayotganlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan va bu ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Video YPX xodimlari tomonidan o‘rganilib, mashina va uning egasi topilgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzar bolaning otasiga MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina vaqtinchalik saqlash maydoniga qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: