Uzbekistan Airways Moskvadan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni aeroportga ertaroq kelishga chaqirdi

Jahon 00:53 / 23.03.2024 11783

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskva shahrining Domodedovo va Vnukovo aeroportidan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni aeroportga ertaroq kelishga chaqirdi.

Kompaniya buni xavfsizlik choralari kuchaytirilgani bilan izohladi.

«Moskvada xavfsizlik choralari kuchaytirilganligi sababli, Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlarini so‘raydi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, Moskva viloyati, Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida otishma yuz bergani, noma’lum shaxslar avtomat miltiqdan odamlarga qarata o‘q uzgani, o‘nlab qurbonlar borligi haqida xabar berilgan edi.

Shundan so‘ng, Moskva shahri va viloyati ma’muriyati aeroportlar, vokzallarda xavfsizlik choralari kuchaytirilganini e’lon qildi.

Shu bilan birga, Moskvadagi onlayn taksi xizmatlariga buyurtmalar soni keskin ko‘paygani, yo‘lkira haqi ham bir necha barobar oshgani haqida xabar berildi.

Ko‘proq yangiliklar: