Toshkentda chet el fuqarosiga shilqimlik qilgan santexnik 5 sutkaga qamaldi

O‘zbekiston 18:34 / 23.03.2024 11488

Toshkent shahrida chet el fuqarosiga shilqimlik qilgan santexnik jazoga tortildi. Kun.uz sud qarorini o‘rgandi.

Sud qarorida keltirilishicha, chet el fuqarosi B.L. 2023 yilning 1noyabr kuni Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, yashash uyiga santexnika ishlarini bajarish uchun kelgan fuqaro U.S. shilqimlik qilganini, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

2024 yil 20 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida so‘ralgan 28 yoshli huquqbuzar U.S. aybiga iqror bo‘lib, bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytgan hamda suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud U.S.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida (shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topgan hamda unga nisbatan 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Oldinroq Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamalgandi

Ko‘proq yangiliklar: