Kitob tumanida sel yuvib ketgan ko‘prikda harakat qayta tiklandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kitob tumanining “Ayoqchisoy” daryosi ustidan o‘tuvchi 4K-271 Rusqishloq—Makrid—Minjir avtomobil yo‘lidagi uzunligi 47 metr bo‘lgan ko‘prikka tutash yo‘lning bir qismini suv yuvib ketgan.
“Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan. Voqea joyiga tezda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda bir qator hamkor tashkilotlardan iborat tezkor guruh yetib borgan” deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida daryo o‘zani maxsus texnikalarni jalb qilish orqali beton plitalar yordamida ihotalanib, yo‘lning suv yuvib ketgan qismi qum-shag‘al yordamida qayta to‘ldirilgan. Hozirda ko‘prikda transport vositalar harakati qayta tiklangan.
Quyida ko‘prikning 21 mart kungi holati aks etgan suratlar: