Moskvadagi teraktda O‘zbekiston fuqarolari jabrlangani haqida ma’lumot yo‘q – Elchixona

Jahon 01:39 / 23.03.2024 7911

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida yuz bergan terakt bo‘yicha bayonot berdi.

Unda elchixona yuz bergan portlash va otishma oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani, tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u hissi bilan qabul qilgani bayon etilgan.

Qayd qilinishicha, elchixona Rossiya davlat huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada va hozircha jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Elchixona halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xotirjamlikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining koll-markazidan +74992383620; +74992300076 raqamlari orqali yordam olish mumkinligini ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: