Sud Navalniyning onasi tomonidan Yamaldagi koloniyaga qarshi berilgan da’voni rad etdi

Jahon 14:33 / 22.03.2024 3309

Labitnangi sudi Aleksey Navalniy onasining hibsda vafot etgan muxolifatchiga noto‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatgani uchun koloniya va Federal jazoni ijro etish xizmatiga qarshi ma’muriy da’vosini rad etdi. Bu haqda 21 mart, payshanba kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi direktori Ivan Jdanov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sud «bunday da’voda faqat Aleksey Navalniy da’vogar bo‘lishi mumkin» va «Lyudmila Ivanovnaning huquqlari buzilmagan» deb javob bergan.

Jdanov Telegram’da Lyudmila Navalnayaning da’vo arizasida «uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan qaysi biri javobgarlar tomonidan buzilgani ko‘rsatilmagan» deyilgan sud xati skaneridan parchani e’lon qildi. «Bunday sharoitda ma’muriy ish yuritish tugatilishi mumkin», deyiladi javobda.

«Aleksey koloniyalarga tibbiy yordam ko‘rsatilmagani uchun ko‘p marta da’vo arizasi bilan chiqqan. Da’volar rad etilgan, - deb eslatdi Jdanov. - Endi u o‘ldirildi, da’vo esa qarindoshlariga istehzoli izohlar bilan rad etilmoqda». 

Mart oyi boshida Kovrov shahar sudi Vladimir viloyatining Melexovo qishlog‘idagi koloniyaga nisbatan o‘sha yerda jazoni o‘tagan Aleksey Navalniyning o‘limi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha ishni to‘xtatdi. 

Ko‘proq yangiliklar: