"Seul shahrida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe-yul janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga qaratilgan keng qamrovli kun tartibi yuzasidan suhbatlashildi, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi muloqotlar muhokama qilindi.
"Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘tgan yili ta’sis etilgan Strategik muloqot doirasidagi qizg‘in hamkorlikni davom ettiradi", deydi Baxtiyor Saidov.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Txe-yul 2024 yilning 12 yanvarida o‘z lavozimiga kirishgan.
19 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Vetnamga rasmiy tashrifi yakunlandi.