Ayollar og‘ir yuk ko‘tarishi va tashishida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar normasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston 10:41 / 21.03.2024 3743

Ushbu normalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarida qo‘llanishi majburiydir.

Ushbu normalarining talablari me’yoriy-texnik hujjatlarda inobatga olinishi lozim hamda qurilish me’yorlari va qoidalarida, texnik sharoitlarda, yo‘riqnomalarda, uslubiyatlar, ishlab chiqarish obektlarida, texnologik va foydalanish talablarida, texnologik va injyenerlik uskunalariga, ishlab chiqarish me’yorlarini hisoblab chiqishda, ishchi kuchiga ehtiyoj bo‘lganda, texnologik xarita va jarayonlarni ishlab chiqishda, barcha o‘quv muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.

Boshqa ishlarga almashlab ishlash sharti bilan yukni ko‘tarish va ko‘chirishda uning vazni 9 kgdan oshib ketmasligi lozim. Ish smenasi davomida doimiy ravishda ko‘tariladigan yukning vazni 6 kg dan oshib ketmasligi kerak. Ish smenasining har bir soatida ishchi yuzadan ko‘chiriladigan yuklarning yig‘indi vazni 300 kgdan oshib ketmasligi kerak. Ish smenasining har bir soatida poldan ko‘chiriladigan yuklarning yig‘indi vazni 150 kgdan oshib ketmasligi kerak.

Ish smenasi davomida ishchi yuzadan ko‘chiriladigan yuklarning yig‘indi vazni 2500 kgdan oshib ketmasligi kerak. Smena davomida poldan ko‘chiriladigan yuklarning yig‘indi vazni 1250 kgdan oshib ketmasligi kerak. Ikki kishi birgalikda zambilda tashiladigan yuklarning chegaraviy vazni 22 kgdan oshib ketmasligi kerak. Barcha ishlarda oyoqchali zambillaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bitta g‘ildirakli aravada og‘ir yuklarni ko‘chirishda yukning chegaraviy vazni 25 kgdan oshib ketmasligi kerak. Bitta g‘ildirakli aravada og‘ir yuklarni tashishga faqat sirpanchiq yog‘ochda bajarilgandagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda chegaraviy ko‘tarish (eng yuqori balandlikning yo‘lning uzunligiga nisbati) 0,02 dan oshib ketmasligi lozim.

Og‘ir yuklarni uch va to‘rt g‘ildirakli aravachalarda tashishda yukning chegaraviy vazni 50 kgdan oshib ketmasligi kerak. Bunda notekis yuzada tashishga chegaraviy ko‘tarish ko‘rsatkichi 0,01 bo‘lgan holda ruxsat etiladi. Og‘ir yuklarni ikki g‘ildirakli qo‘l aravachada tashilganda yukning chegaraviy vazni 60 kgdan oshib ketmasligi kerak, bunda polning tekis yuzasida tashishga chegaraviy ko‘tarish ko‘rsatkichi 0,02 bo‘lgan holda, notekis tuproq yoki tosh yo‘lda chegaraviy ko‘tarish ko‘rsatkichi 0,01 dan oshib ketmagan holda ruxsat etiladi.

Og‘ir yuklar vagonetkalarda tashilganda yukning chegaraviy vazni 300 kgdan oshib ketmasligi kerak. Bunda ko‘tarish ko‘rsatkichi 0.01 dan oshib ketmagan holda faqat relslarda harakatlanishga ruxsat etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: