Baxmut atrofidagi artilleriyachilar va Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatlari. Urush suratlari

Jahon 16:22 / 20.03.2024 9393

Ukrainadagi urushning 755-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Biz ularni qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, da’vo muddatisiz jazolaymiz». Putin — Ukrainadagi diversiya-razvedka guruhlari safiga kirgan «xoinlar» haqida.
  • Admiral Aleksandr Moiseyev RF harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
  • Belgorod oblastida Razumnoye posyolkasi o‘qqa tutildi. Uch kishi yaralangan, jumladan yosh bola ham.
  • Yevropa ittifoqi Rossiya va Belarus g‘allasiga boj joriy etdi. FT nashri yozishicha, bu talabni «yo‘q qiladi».
  • Peterburgda Ukrainadagi urushdan qaytgan sobiq mahbus restoranda bir kishini o‘ldirgan va kechki ovqatni tanovul qilishda davom etgan.
  • RBK xabariga ko‘ra, Armanistondagi banklar sanksiyalar tufayli «Mir» kartalarini qabul qilishni to‘xtatdi.

Ukrain harbiylari Zaporijja oblastidagi poligonda dronlarni yig‘moqda

Ukrainadagi urush — raqiblar uchuvchisiz uchar apparatlarni bu qadar faollik bilan qo‘llayotgan tarixdagi ilk qurolli mojaro bo‘lmoqda. Rossiya qo‘shini Ukraina hududini kamikadze-dronlar bilan tinimsiz o‘qqa tutadi, o‘z navbatida RFning turli regionlaridan ham deyarli har kuni dronlar zarbasi haqida xabarlar kelmoqda, jumladan, neftni qayta ishlash zavodlari hamda harbiy aviabazalar hujumga uchramoqda (Ukraina hukumati bu xabarlar yuzasidan rasman izoh bermaydi). Jang maydonida ikki tomon ham operatorlarga manzarani birinchi shaxs bo‘lib ko‘rish imkonini beruvchi FPV-dronlardan foydalanmoqda, ular portlovchi moddalar olib yurishi ham mumkin.

Zaporijjya oblastida dron yig‘ayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi
Dmytro Smoliyenko / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA
Dmytro Smoliyenko / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA
Ukraina QK motoo‘qchi tuzilmalar, jumladan doimiy joylashuv bazasi Zaporijjya oblastida bo‘lgan 116-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasiga ham FPV-dronlari operatorlari otryadlarini biriktirgan
Dmytro Smoliyenko / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA
FPV-dronlarining ustunligi — qimmatga tushmasligi va radioelektron kurash vositalariga chidamliligidir. Ammo bunday dron operatorlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. Zaporijjya oblastidagi 116-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ixtiyorida dron pilotlari mashg‘ulot o‘tkazishi uchun maxsus jihozlangan poligon mavjud
Dmytro Smoliyenko / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA

Ukrain artilleriyachilarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Ukraina qurolli kuchlari urushning hozirgi bosqichida artilleriya uchun o‘q-dorilar taqchilligi muammosiga uchradi. G‘arbdagi hamkorlar hozircha snaryadlar yetkazib berish bo‘yicha va’dalarini to‘liq bajara olmayapti. Dronlar esa hozircha artilleriyaning o‘rnini bosa olmaydi.

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi janglarda qatnashayotgan 80-alohida desant-shturm brigadasi ixtiyorida NATOning 105 mm kalibrli o‘q-dorilarini otishga mo‘ljallangan L119 gaubitsasi ham bor
Laurel Chor / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
80-desant-shturm brigadasi harbiylari tomonidan foydalaniladigan blindaj
Laurel Chor / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
O‘tgan yil mayida Rossiya qo‘shini tomonidan egallangan Baxmut shahri atrofi hamon faol harbiy harakatlar maydoni bo‘lib qolmoqda. Ikki tomon ham raqibining katta yo‘qotishlari haqida xabar beradi, ammo o‘z safidagi qurbonlar va yaralanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqlamaydi.
Laurel Chor / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Blindajdagi koykada yotgan yostiqda shunday yozilgan: «Sevimli er va dunyodagi eng yaxshi dadaga»
Laurel Chor / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Belgorod oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari

So‘nggi haftalarda Belgorod oblasti rasmiylari bir necha bor hudud kun davomida bir necha martadan o‘qqa tutilganini xabar qildi, RF mudofaa vazirligi esa region ustida harakatlangan dronlar to‘xtatilgani va raketalar urib tushirilgani haqida hisobot bergan. 19 mart kuni region rahbari Vyacheslav Gladkov bir hafta davomida Belgorod oblastida tinch aholi vakillari bo‘lgan 16 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 20 mart kuni Belgorod navbatdagi marta o‘qqa tutilishi oqibatida yana bir kishi halok bo‘ldi.

Anton Vergun / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan DXR rasmiylari nazoratidagi Donetsk shahri har kuni o‘qqa tutiladi. 19 mart kuni mahalliy rasmiylar shaharning Petrovskiy rayonida uch kishi, shuningdek Horlivka shahrida ikki kishi jarohatlanganini ma’lum qilgandi. Hudud rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Donetskda to‘qqizta turar joy binosi shikastlangan.

AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: