Isroil Madrimovga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Sport 18:01 / 19.03.2024 18832

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning harbiy unvoni oshirildi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, Ichki ishlar bo‘limi xodimi, bokschi Isroil Madrimovga muddatidan oldin «Mayor» harbiy unvoni berildi. 

18 mart kuni Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida ichki ishlar xodimlarini taqdirlash marosimida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Madrimovga mayor maxsus unvonini topshirdi. Bungacha sportchi kapitan unvoniga ega edi.

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahridagi «Kingdom Arena» majmuasida o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi WBA kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi ringga ko‘tarilib, shu vaqtgacha yengilmagan raqibini 5-raundda nokautga uchratgandi.

Madrimov 8 mart kuni Saudiya Arabistonida WBA chempionligi uchun avval mag‘lub bo‘lmagan rossiyalik bokschi Magomed Qurbonov ustidan muddatidan avval g‘alaba qozongandi.

14 mart kuni Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi — narxi 1,04 mlrd so‘m bo‘lgan Chevrolet Tahoe avtomobili topshirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: