Toshkentda salkam 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi 

O‘zbekiston 14:46 / 18.03.2024 3237

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Hasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “T.A.” MChJ rahbari D.S. MChJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: