Rossiyada tashlandiq sifatida rasmiylashtirilgan bolani O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda 

Jamiyat 21:38 / 18.03.2024 15323

Rossiyada tashlandiq sifatida rasmiylashtirilgan o‘zbekistonlik bola bilan bog‘liq holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganilmoqda. 

Qayd qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi V.D. 2022 yilda tug‘ilgan nevarasi Z.N. hozir Rossiyaning Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotganini ma’lum qilib, uni O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan. 

Ma’lum bo‘lishicha, onasi bolani enagaga qoldirib ketgan, enaga esa politsiyani chaqirgan. Politsiya esa bolani vasiylik organiga topshirgan, u yerda bola tashlandiq sifatida rasmiylashtirilib, yangi ism-familiya berilgan. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mazkur holat yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari boshlangan. 

Jumladan, V.D. voyaga yetmagan nabirasini uning vasiyligiga o‘tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiya vasiylik va homiylik organlariga yuborilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola hech bir hujjatlarsiz vaqtinchalik parvarish qilish markazida saqlanmoqda. Rossiya tomoni DNK testini tayinlash orqali sudda bolaning shaxsini aniqlash harakatini boshlagan.

Ko‘proq yangiliklar: