O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayadi

O‘zbekiston 11:02 / 18.03.2024 36194

Bugun va ertaga respublikaning aksariyat viloyatlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18 mart kuni va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda 19 mart kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +15...+20 daraja atrofida, ba’zi joylarda +22 darajagacha, janubda +25...+28 darajagacha bo‘ladi.

20-22 mart kunlari respublika hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 20 martda +15...+20 daraja bo‘ladi, 21-22 martda +10...+15 darajagacha asta-sekin pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 18-19 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-22 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 21 martda 15-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat bugun va ertaga +19...+22 daraja, 20 martda +17...+19 daraja bo‘ladi, 21-22 martda +10...+15 darajagacha asta-sekin pasayadi.

Ko‘proq yangiliklar: