Mayning ferma tashkil etgan MChJ davlatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
Sirdaryo viloyatida tizimga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyatiga chek qo‘yildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida Sirdaryo tumanida joylashgan MChJ 86 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 1 mlrd 91 mln so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Mavzuga oid

08:16 / 17.02.2025
1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

17:53 / 08.10.2024
AQShda rezavor mevalar yetishtiruvchi vertikal ferma tashkil etildi

09:46 / 13.06.2024
Toshkent va Andijonda mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi

08:59 / 22.04.2024