Ukrainlarning Kupyansk atrofidagi shturmi va Rossiya armiyasida jang qilib asir tushgan xorijliklar. Urush suratlari

Jahon 14:16 / 17.03.2024 28568

Ukrainadagi urushning 752-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Odessada raketa zarbasi qurbonlari soni 21 nafarga yetdi, 70 dan ortiq kishi jarohatlangan.
  • Zelenskiy Odessaga hujum yuzasidan munosabatida «rossiyalik qotillar adolatli reaksiyani his qilishi»ni aytdi. U Ukraina Rossiyaning «eng ojiz joylari»ga zarbalar berishda davom etajagini ma’lum qildi.
  • Samara oblastida dronlar ikkita neftni qayta ishlash zavodiga hujum uyushtirdi. Ukrain nashrlari manbalari bu hujumlar ortida Ukraina qurolli kuchlari turganini yozishgan.
  • Belgorod shahri o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, oblast hududida dron avtomobilga urilishi oqibatida besh kishi jarohatlangan.
  • Belgoroddagi savdo markazlari va maktablar shaharga zarbalar davom etayotgani tufayli yopilgan.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod va Kursk oblastlari osmonida dron va raketalar urib tushirilayotganini xabar qilmoqda.
  • «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» asirlar aks etgan video e’lon qilib, Belgorod oblasti gubernatorini muzokaralarga chaqirdi.
  • Sverdlovsk oblastidagi saylovchilar ularni DXR va okkupatsiya qilingan Zaporijjyadagi uchastkalarga biriktirishganini payqashgan.

Belgorod

Belgorod so‘nggi kunlarda Ukraina tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda. 16 mart kuni Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, kamida 11 kishi yaralangani haqida ma’lum qildi. Fotoda — ushbu zarbalar oqibatlari aks etgan: snaryadlardan biri kelib tushishi oqibatida bir necha avtomobil butkul yonib ketgan. 17 martga o‘tar kechasi shahar o‘qqa tutilishi davom etdi, 16 yoshli qiz halok bo‘lgan.
Foto: Vyacheslav Gladkovning Telegram-kanali

Rossiya pozitsiyalarini shturm qilayotgan «Edelveys» brigadasi

Xarkiv oblastining Kupyansk shahri — RF qurolli kuchlari yoppasiga hujumga o‘tgan yo‘nalishlardan biri. Shahar keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlarida Rossiya armiyasi tomonidan egallangandi va ukrain armiyasi uni 2022 yil kuzida qaytarib oldi. Shundan buyon Kupyansk muntazam ravishda o‘qqa tutiladi va RF qurolli kuchlari tomonidan qayta bosib olinishi xavfi mavjud. Bu yerda Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari tarkibidagi «Edelveys» 10-alohida tog‘-shturm brigadasi Rossiya armiyasining muntazam hujumlariga qarshi turibdi. Fotoda — brigada jangchilari BMPda Sinkovka qishlog‘i atrofidagi pozitsiyada rossiyaliklar istehkomlarini shturm qilish uchun yo‘l olmoqda, 2024 yil 11 mart
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
«Edelveys» harbiylari Sinkovka yaqinidagi o‘rmonzor yerto‘lasida RF qurolli kuchlari pozitsiyasiga shturm qilish buyrug‘ini kutmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Erta tongda RF qurolli kuchlarining Kupyansk yo‘nalishidagi Sinkovka qishlog‘i atrofidagi pozitsiyasini shturm qilish uchun ketayotgan «Edelveys» jangchisi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
«Edelveys» jangchisi rossiyaliklarning Sinkovka atrofidagi pozitsiyasini shturm qilishga urinishdan keyin o‘rmonzor bo‘ylab brigada pozitsiyasiga qaytmoqda. Jangda halok bo‘lgan harbiy jasadini qor qoplagan.
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Rossiyaliklarning Sinkovka atrofidagi o‘rmondagi pozitsiyasini shturm qilishda qatnashgan «Edelveys» jangchisi amaliyotdan qaytib dam olmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
«Edelveys» brigadasining Kupyansk yo‘nalishidagi pozitsiyasi. Jangchilar Sinkovka o‘rmonidagi shturmni muhokama qilmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
«Edelveys» jangchisi Sinkovkadagi amaliyotda olingan jarohatini ko‘zdan kechirmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
«Edelveys» jangchilari Sinkovkadagi amaliyotdan qaytib, yerto‘lada isinmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Avdiyivka atrofidagi ukrain artilleriyachilari

 

Rossiyaning Avdiyivka atrofidagi yurishi joyidan jilmay qoldi. RF qurolli kuchlari Donetsk shimolidagi ushbu shaharni 17 fevral kuni egallagandi, ammo keyingi oy davomida Rossiya qo‘shini atrofdagi barcha qishloqlarni egallashga muvaffaq bo‘la olmadi. Katta ehtimol bilan Rossiya qo‘shini katta yo‘qotishlar tufayli bu yo‘nalishda yurish qilishni to‘xtatadi.

11 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fransuzlarning BFM telekanaliga bergan intervyusida yurish to‘xtatilgani va frontning ushbu uchastkasidagi vaziyat «so‘nggi uch oydagi yaxshiroqligi»ni aytgandi. Shu bilan birga, u agar Ukraina g‘arblik ittifoqchilar va’da qilgan harbiy yordam, birinchi navbatda snaryadlar yetib kelmasa, barchasi yomon tomonga o‘zgarishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Rossiya qo‘shini esa ukrain pozitsiyalarini o‘qqa tutishda o‘q-dorilarni ayamayapti. 

Ukrain artilleriyachilari Avdiyivkadagi front chizig‘ida 122-mm kalibrli D-30 gaubitsasidan o‘t ochmoqda
Jose Colon / Anadolu Agency / Getty Images

Donbass shimolidagi rossiyalik artilleriyachilar

Intensiv janglar frontning boshqa uchastkalarida ham davom etmoqda. Fotoda — Rossiya artilleriyachilarining Donetsk oblastidagi pozitsiyasida maskirovka qilingan 2S3 «Akatsiya» gaubitsasi, 2024 yil 14 mart
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
RF qurolli kuchlari harbiysi ukrainlarning Donetsk oblastidagi pozitsiyalariga zarba berish uchun «Akatsiya»ga snaryad tashimoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Rossiyalik artilleriyachilar ukrainlarning Donetsk oblastidagi pozitsiyalariga «Akatsiya» gaubitsasidan zarba bermoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Rossiya armiyasida jang qilib asir tushgan xorijliklar

Kiyevda 15 mart kuni Rossiya tomonida jang qilib asir tushgan harbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi — Nepaldan besh, Somali, Siyerra-Leone va Kubadan bir nafardan asir.

«Bu asirlikka tushgan fuqarolarni namoyish etish orqali, o‘nlab, yuzlab odamlar targ‘ibotchilarga aldanib qolmasligi uchun yanada radikal va samaraliroq qadamlar tashlash zarurligini aytamiz», — deya Ukrainaning harbiy asirlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi vakili Petro Yatsenkoning so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi. 

Yatsenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ushbu mamlakatlardan yollangan jangchilardan «shturmovik, to‘p yemi» sifatida foydalanmoqda va ularning faqat kichik qismi omon qolib, asir tushmoqda. «Sud ularni yollanma jangchilar deb tan olmagunicha, ularga ham boshqa harbiy asirlarga bo‘lgani kabi munosabat ko‘rsatamiz», — deya qayd etgan u.

​​​Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Donetsk oblastining okkupatsiya qilingan qismidagi Spartak posyolkasi

Donetsk va Avdiyivka shaharlari oralig‘ida ukrainlarning Rossiya tomonidan egallab olingan Spartak posyolkasi joylashgan. Ayni vaqtda Spartakda 43 kishi yashamoqda. 10 yillik harbiy harakatlar mobaynida ushbu posyolka Donetsk frontidagi faol janglar markazida bo‘lgan. 

Posyolkaga kirish qismidagi «Spartak» yozuvli stela hamda unga ilingan Rossiya bayrog‘i
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Spartakda yashovchi kishi o‘z uyini isitish uchun ko‘mir olib ketmoqda
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi vakili Oleksandr butun posyolkada ishlayotgan yagona sovitkichni ko‘rsatmoqda
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Posyolkada yashovchi  Valentina o‘z uyidagi plitada taom tayyorlamoqda
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Spartak posyolkasida janglar oqibatida vayron bo‘lgan bino
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: