Toshkentda qoidalarni 118 marta buzgan Matiz, 55 marta buzgan Tracker-2 ushlandi

Jamiyat 10:40 / 17.03.2024 18491

Toshkentda qoidalarni 118 marta buzgan Matiz, 55 marta buzgan Tracker-2 ushlangan. Bu haqda MIB Toshkent shahri boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Matiz mashinasi haydovchisi N.A. jami 118 ta qoidabuzarlik sodir etib, 52 mln so‘mdan oshiq ma’muriy jarimalar ishlab olgan.

Haydovchi yo‘llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, yo‘l chiziqlarini bosib, qoidabuzarlik sodir etgan. Byuroning Sergeli tuman bo‘limi qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan Matizga qidiruv e’lon qilib, ushlangan mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda xatlangan transport vositasini qarzdorlikni qoplash maqsadida auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Yana bir holatda Bektemir tumanida yashovchi ayol jami 55 ta qoidabuzarlik sodir etib salkam 62 mln so‘m ma’muriy qarzdor bo‘lgan.

Ayol mashinada harakatlanayotgan vaqtida 45 marta yo‘llarda tezlikni oshirgan, qolgan 10 ta qoidabuzarlikda yo‘l chiziqlarini bosgan va svetoforning qizil chiroqlarida o‘tib ketgan.

Byuroning Bektemir tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ayol boshqargan Tracker 2 mashinasiga qidiruv e’lon qilingan. Mashina Toshkent shahridan topilib va jarima maydoniga qo‘yilgan.

Avvalroq, Toshkentda qoidalarni 53 marta buzgan haydovchining mashinasi auksionga chiqarilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: