Yevropada kelayotgan yoz me’yordagidan issiq va quruq bo‘lishi prognoz qilindi

Jahon 13:57 / 16.03.2024 7933

Uzoq muddatli prognozlarni yuqori aniqlikda qilish qiyin. Biroq “Ob-havo va iqlim dinamikasi” jurnali Yevropada yoz qanday kelishi kutilayotgani haqida yangi tadqiqotini e’lon qildi. O‘rganish Grenlandiya muzlarining erishiga asoslangan.

Tadqiqot muallifi, Buyuk Britaniya Okeanografiya markazi doktori Marelina Oltmanning qayd etishicha, Grenlandiya muzlari erishi bilan sodir bo‘ladigan voqealar zanjiri yozning qanday bo‘lishini ko‘rsatishi mumkin.

Grenlandiyadagi iliq iqlim muhiti muzliklar erishiga va Atlantikaga ko‘proq muzlik suvlari oqib borishiga sabab bo‘ladi. Muzlik suvi dengiz suviga qaraganda yengil bo‘lgani uchun u dengiz sathida turib qolib, dengiz suvi bilan aralashib ketmaydi. Va bu suv havo va dengiz o‘rtasidagi issiqlik almashinuvini kamaytiradi.

Oqibatda muzlik suvi quyilgan qismlarda kuchli shamollar sodir bo‘ladi. Shamol yo‘nalishi ta’sirida Shimoliy Atlantika oqimining shimolga siljishi kuzatiladi. Natijada, Yevropa bo‘ylab issiq va quruq havo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan keng ko‘lamli atmosfera sirkulyatsiyasi shakllanadi.

“Aniqlangan voqea zanjiriga asoslanib biz okean-atmosfera sharoiti janubiy Yevropa uchun noodatiy issiq va quruq ob-havoni keltirib chiqarishga mos bo‘lishini prognoz qilyapmiz”, deydi Marelina Oltman. 

Ko‘proq yangiliklar: