Toshkentda 5 ta avtomobil YTHga uchradi

Jamiyat 22:20 / 14.03.2024 23564

Toshkentning Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida soat 19:40 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi.

Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Bu haqda xabar bergan IIV YHXBga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib bormoqda.

O‘tgan hafta Olmazor tumani Jarariq ko‘chasida uchta mashina to‘qnashgan, oqibatda haydovchilardan biri vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: