Samarqandda 1 kg qoradorini 25,5 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 15:17 / 14.03.2024 15457

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qoradori sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan.

Urgut tumanida yashovchi fuqaro – 26 yoshli B.X., 28 yoshli M.J. hamda 35 yoshli Y.F. noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, Urgut tumani Jarqishloq mahallasi hududida 1 kg “opiy”ni fuqaroga 25,5 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: