Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 20:18 / 13.03.2024 10893

Toshkent shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. 

Qayd qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.X. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki xorijiy davlat oliy o‘quv yurtining 1-bosqichini tamomlagani to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berib, ushbu hujjat yordamida o‘qishni ko‘chirish yo‘li bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Evaziga 75 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: