O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 15:19 / 12.03.2024 16897

2024 yil yanvar oyida meva-sabzavot eksporti hajmi bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich piyoz mahsulotida qayd etildi  – 54 ming tonna.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan eksporti hajmi mos ravishda 29,1 ming tonna hamda 12,6 ming tonna bo‘lgan karam va mosh joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • sabzi – 10,5 ming tonna 
  • uzum (quritilgan) – 4,2 ming tonna
  • pomidor – 2,6 ming tonna 
  • uzum – 2,5 ming tonna
  • tariq – 1,8 ming tonna
  • olxo‘ri (quritilgan) – 1,6 ming tonna
  • bodring – 0,9 ming tonna
  • yeryong‘oq – 0,8 ming tonna
  • qalampir – 0,6 ming tonna
Ko‘proq yangiliklar: