Yakunlanayotgan haftaning eng muhim voqealaridan biri sifatida Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jyerom Pauelning AQSh Kongressidagi yarim yillik hisobotini keltirish mumkin. Chunki AQSh hukumat vakillarining FZT raisiga bergan muhim savoli, ya’ni nega inflatsiya pasaygan bir paytda monetar siyosatni yumshatish hali ham boshlanmaganligi bozor ishtirokchilarini juda ham qiziqtirayotgan edi. Keyingisi esa Qo‘shma Shtatlardagi - ishsizlik darajasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich fevral oyida 0,2 foizga ko‘tarilib, 3,9 foizni tashkil etgan.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 4 martdan 8 martgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
S&P500 – 5123,6 (hafta boshidan -0,26 foiz, yil boshidan +7,42 foiz);
NASDAQ – 18018,4 (hafta boshidan -1,55 foiz, yil boshidan +7,09 foiz);
DJI – 38722,7 (hafta boshidan -0,93 foiz, yil boshidan +2,72
foiz).
AQSh fond indekslari bir necha haftalik muntazam o‘sishdan keyin, mart oyining dastlabki to‘liq haftasini kichik korreksiya bilan boshlab berdi. Xususan, 500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 14 punktga, NASDAQ indeksi 285 punktga, Dow Jones indeksi esa 365 punktga qisqardi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2178,9 dollar(hafta boshidan +5,64 foiz, yil boshidan +5,64 foiz);
- Kumush – 24,3 dollar (hafta boshidan +2,37 foiz, yil boshidan +2,37 foiz);
- Alyuminiy – 2229,6 dollar (hafta boshidan 0 foiz, yil boshidan -6,37 foiz);
- Mis – 3,9 dollar (hafta boshidan +0,91 foiz, yil boshidan -0,06 foiz).
P.S: yuqorida qimmatbaho metallarning 1 unsiyasi narxi ko‘rsatilgan.
Aksariyat qimmatbaho metallar hafta davomida o‘sish sur’atini taqdim etdi. Oltin, kumush va mis mos ravishda 97 dollar, 1,15 dollar va 0,03 dollarga o‘sdi, Alyuminiy esa tebrangan holda oldingi hafta ko‘rsatkichida yopildi.
Neft
- WTI – 77,78 dollar (hafta boshidan -2,47 foiz, yil boshidan +11,86 foiz);
- BRENT – 81,82 dollar (hafta boshidan -1,81 foiz, yil boshidan +8,16 foiz).
Hafta davimida neftning WTI markasi 1,97 dollar, BRENT esa 1,51 dollarga qimmatlashdi.
Valutalar
- USD/EUR: +0,89 foiz (yil boshidan -0,93 foiz);
- CNY/USD: -0,15 foiz (yil boshidan +1,24 foiz);
- TRY/USD: +1,65 foiz (yil boshidan +8,05 foiz);
- UZS/USD: -0,02 foiz (yil boshidan +1,61 foiz);
- RUB/USD: -0,95 foiz (yil boshidan +1,65 foiz).
AQSh valutasi korreksiya qilgan bir paytda ba’zi valutalar pozitsiyalarni kuchaytirishdi. Masalan, rublning qiymati 0,95 foizga, yevroning qiymati esa 0,89 foizga o‘sdi. Shuningdek, yuan va so‘m qiymati mos ravishda 0,15 foiz va 0,02 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, lira qiymatsizlanishni davom ettirib, 1,65 foizga pasaydi.
Kriptovaluta
- Bitcoin – 68 314 dollar (hafta boshidan +8,21 foiz, yil boshidan +61,08 foiz);
- Ethereum – 3889 dollar (hafta boshidan +11,89 foiz, yil boshidan +70,39 foiz).
Asosiy kriptolar so‘nggi hafta sezilarli o‘sish sur’atini taqdim etishdi va tarixiy maksimumlariga yanada yaqinlashishdi. Bir hafta ichida Bitcoin 8 foizdan ortiq Ethereum esa qariyb 12 foizga qimmatlashdi.
Bozorlar haqida qisqacha
FZT raisining AQSh hukumat a’zolari oldidagi hisobotining muhim jihati foiz stavkalari nega hali ham pasaytirilmayotganiga aniqlik kiritish edi. Chunki foiz stavkalari asosiy vazifasini o‘tab, inflatsiyani 2 barobar qisqartirdi, endi yuqori stavkalar iqtisodiyotga zarar keltirishi ehtimoli bor bo‘lib, xususiy sektor uchun ortiqcha yukka aylanmoqda. Jyerom Pauell esa narx bosimi kuchliligi va inflatsiya 2 foiz ko‘rsatkichidan hali yetarlicha masofada uzoq bo‘lgani sababli, stavka biroz vaqtliroq pasaytirilsa inflatsiya nazorat ostidan chiqib ketishi xavfi bor, deya amaldorlarga javob berdi. Ammo juma kuni ma’lum bo‘lgan ishsizlik ko‘rsatkichi yomon chiqqan bo‘lsa-da, bozor ishtirokchilariga optimizm taqdim etdi. Chunki FZT raisi bandlik ko‘rsatkichi yomonlashsa, foiz stavkalari biroz yumshatilishini aytgan edi.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 4 martdan 8 martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.