Falastin ma’muriyati hukumat rahbari iste’foga chiqadi

Jahon 11:23 / 27.02.2024 5023

Falastin milliy ma’muriyati hukumati bosh vaziri Muhammad Shtayye o‘z iste’fosini Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosga topshirdi. Bu haqda dpa agentligi 26 fevral, dushanba kuni xabar berdi. Unga ko‘ra, hukumat yig‘ilishida u bu qadamning sababini mintaqadagi so‘nggi voqealar, jumladan, G‘azodagi urush bilan izohlagan.

Mintaqadagi arab davlatlari va AQSh bosimi ostida qolgan Abbos iltimosiga ko‘ra Shtayyening tez orada iste’foga chiqishi haqida avvalroq Watan telekanali hukumat vakillariga tayanib xabar bergan edi. Mutaxassislar fikricha, buning ortida Vashingtonning Yaqin Sharqdagi vaziyatni tubdan isloh qilingan Falastin ma’muriyati yordamida hal qilish uchun kompleks yondashuv sifatida so‘nggi paytlarda deyarli ma’nosiz bo‘lib qolgan ikki davlat kelishuviga qaytish istagi turibdi. 

Mutaxassislar Shtayyening ehtimoliy iste’fosini ko‘proq ramziy qadam deb hisoblamoqda. Abbosning sodiq hamkori bo‘lgan siyosatchi muvaqqat hukumat rahbari lavozimida ishlashda davom etadi. Milliy konsensusning yangi hukumatini shakllantirish haftalar yoki oylar davom etishi mumkin. Uning muvaffaqiyati, birinchi navbatda, G‘azodagi urushni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini xalqaro nazorat ostida sektordan olib chiqishga erishish imkoniyatiga bog‘liq. 

G‘azoning kelajagi masalasi 

2005 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Abbos boshchiligidagi Falastin ma’muriyati Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy sohilning bir qismini boshqaradi. Undagi yetakchi siyosiy kuch Falastin milliy ozodlik harakati (FATH) bo‘lib, unga Abbos rahbarlik qiladi. Unga G‘azoni nazorat qilayotgan va Isroilga qarshi urush olib borayotgan HAMAS harakati qarshi chiqqan. Qo‘shma Shtatlarga ko‘ra, G‘azodagi urush tugaganidan so‘ng, sektor tubdan isloh qilingan Falastin ma’muriyati tomonidan boshqarilishi kerak. Isroil bu rejani keskin rad etyapti. U kelajakda na HAMASni, na FATHni G‘azoda hukmron kuch sifatida ko‘rishni istamayapti.

Ko‘proq yangiliklar: