Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘lgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 13 fevral kuni yuz bergan.
1994 yilda tug‘ilgan fuqaro otasiga tegishli Nexia-3 mashinasida tumanning Istara mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanayotib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Kamaz yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Nexia-3 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan.